Sarri qo‘li ostidagi «Chelsi»  kuchlimi?

  • 23 avgust, 2018, 20:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Chelsi» garchi «Arsenal»ni 3-2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsada, «ko‘klar» muxlislari yangi bosh murabbiy qo‘li ostida himoya chizig‘idan tashvishlanmasa ham bo‘laveradi. Bunga albatta bir qator sabablar bor.

Maurisio Sarri Angliyaga kelguniga qadar u hujumkor futbolni yoqtirishi tufayli uning uslubida himoya chizig‘i eng zaif nuqta bo‘lishiga doir shubhalar bor edi. Bahtga qarshi italiyalik 59 yoshli murabbiy himoyadagi muammolarni hal qilish bo‘yicha etarlicha ishlar olib borganini ko‘rsatmoqda.

Sarri o‘z vatanida aksincha himoyaviy ko‘rsatkichlari evaziga tanilgan deyishimiz mumkin. Uning dastlabki jiddiy ishi «Empoli»da bo‘lgan edi. U o‘z jamoalarida to‘rt kishilik himoya chizig‘i bilan qanday o‘ynashning hadisini olgan. «Empoli»da himoyani «Yuventus»dan ijaraga olib kelingan Daniele Ryugani atrofiga qurgandi. «Napoli»da esa bosh figura Kalidu Kulibali edi.

Tanqidlarga qaramay, londonliklar orqa chiziqda ancha mustahkam ko‘rinmoqda. David Duis zahiradan yana asosiy tarkibga qaytgach o‘z o‘yinini topib bormoqda. Yangi bosh murabbiy qo‘li ostida esa bosim ostida qanday harakat qilish kerakligini o‘rganmoqda.

Shu gaplarni Antonio Ryudigerga nisbatan ishlatishimiz mumkin. Andreas Kristensen ham «Barselona»ga qarshi o‘yinda qilgan xatosidan tegishli xulosalarni chiqarganini ko‘rsatmoqda.

Sarri albatta so‘nggi ikki futbolchi bilan ko‘proq ishlashi kerak. Shubhasiz ulardan munosib shogird tayyorlay oladi. Muammo shundaki ularni to‘p bilan muomala qilishga o‘rgatish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni tarbiyalay olishdir.

Umuman olganda Sarri himoya chizig‘ida bor e’tiborini faqatgina markaziy himoyachilarga qaratadi, deb aytish noo‘rin hisoblanadi. U va uning texnik yordamchisi Franchesko Kaltsona uchun qanot himoyachilari ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Ularning ko‘pchiligi o‘ng yoki chap qanotdan hujumchilarga bosim uyushtirishadi. Biroq bu narsa «Arsenal»ga qarshi o‘yinda o‘zini oqlamadi. Avvalo vaqt va «to‘pchilar»ning vakillari qanotlardan bosim uyushtirmaganliklari sababli bu holat ko‘zga tashlanmadi. Agarda Unay Emeri shogirdlari qanotlarni ishga solganida o‘yinni bemalol yutishlari mumkin edi. O‘yin oxirida Mateo Kovachichning maydonga tushirilishi «ko‘klar»ga yangi variantlar taqdim etdi. U naq 43 uzatmani amalga oshirdi. Jamoadogi Barklining ishini engillashtirdi.

Eng kulgilisi, so‘nggi ikki mavsumda klubning himoyadagi ishlariga bosh-qosh bo‘lgan Ngolo Kante ko‘p vaqtini hujumda (!) o‘tkazdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning yangi vazifasi – ham maqtovga sazovor, ham savollar tug‘diradi. Uning raqib maydonchasi ichidagi ta’siri sezilarli bo‘ldi. Shimoliy londonliklarga qarshi Kante to‘rtta xavfli vaziyat yaratdi. Raqib jarima maydonchasi ichida o‘zi besh bora xavfli vaziyatda ishtirok etdi.

Ba’zan o‘zgarishlarni qabul qilish qiyin bo‘ladi. Uning «qora ishlar»ni bajarishdagi ishtiroki kamaytirilgani noto‘g‘ri. Uning shanba kungi vazifasi omadli chiqishiga sabab raqiblar bunga tayyor emas edi. «To‘pchilar» raqibning himoyadagi eng muhim vakili o‘z jarima maydonchasi ichida yurganini kutishmagani aniq.

Albatta «Chelsi» bu masala ustida o‘yindan oldingi mashg‘ulotlar vaqtida jiddiy ish olib borgani aniq.

«Ko‘klar» muxlislari g‘arbiy Londonga tajribali strateg olib kelinganini tushunib etishdi. Ular endi suyuklilarining himoyadagi pala-partish o‘yinlaridan havotir olmasalar ham bo‘ladi. Zero, yangi bosh murabbiy yangi himoyaviy uslubni taqdim qilmoqda.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!